“AFU Pharm Infinity” klubi hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi hamkorligida talabalar uchun partiyaga a’zolik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi. 

Uchrashuv  davomida partiyaning maqsad va vazifalari, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, partiya safida faoliyat yuritishning ahamiyati hamda a’zolik tartiblari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Yakunda partiya safiga qabul qilingan talabalarga a’zolik guvohnomalari va esdalik sovg‘alari topshirildi.