Alfraganus universiteti “AFU medikor” klubi rahbari tomonidan 72-, 27- hamda 255-sonli umumta’lim maktablarida targ‘ibot uchrashuvlari tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘quvchilarga universitetda yaratilgan zamonaviy ta’lim imkoniyatlari, mavjud yo‘nalishlar, talabalik hayoti hamda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, uchrashuv jarayonida o‘quvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni kelajakda o‘z ustida ishlash, bilim olish va kasb tanlashda faol bo‘lishga chorlovchi tavsiyalar bildirildi.