Alfraganus universitetining “Tibbiyotda Zakovat” hamda “AFU Al Qalam” klublari rahbarlari hamkorligida Yunusobod tumanidagi 271-sonli umumta’lim maktabida targ‘ibot ishlari tashkil etildi.
![]() |
Tashrif davomida o‘quvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda yoshlarni intellektual va ijodiy faoliyatga jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
![]() |
Shuningdek, o‘quvchilarga universitetdagi klub faoliyati, mavjud imkoniyatlar hamda turli yo‘nalishlarda tashkil etilayotgan loyihalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.



