“AFU qobiliyat” hamda “AFU book zone” klublari tomonidan Yunusobod tumanidagi 1-sonli sport maktabida bitiruvchi sinflar uchun targ‘ibot ishlari va sport mashg‘ulotlari o'tkazildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga sog‘lom turmush tarzining ahamiyati, sport bilan muntazam shug‘ullanishning foydalari haqida tushuntirishlar berildi. 

Shuningdek o‘quvchilarga Alfraganus universitetining ta’lim yo‘nalishlari, rektor granti, davlat va universitet stipendiyalarini olish imkoniyatlari, zamonaviy o‘quv dasturlari hamda talabalarga yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.