Endilikda Alfraganus universiteti talabalari kontrakt to‘lovlarini click ilovasi orqali tez va qulay tarzda amalga oshirishlari mumkin.

— To‘lovni amalga oshirish uchun talabaning JShShIR (PINFL) raqamini kiritish kifoya.
— Mavjud qarzdorlik summasi avtomatik tarzda aks etadi.
— Shuningdek, foydalanuvchi istalgan miqdordagi to‘lov summasini mustaqil ravishda kiritib, to‘lovni amalga oshirishi mumkin.
— To‘lov amalga oshirilgach, ma’lumotlar afu.edudoc.uz tizimida real vaqt rejimida aks etadi.

Mazkur imkoniyat talabalarga kontrakt to‘lovlarini istalgan joydan, ortiqcha vaqt sarflamasdan amalga oshirish qulayligini yaratadi.