Koreya Respublikasining Madaniyat, sport va turizm vazirligi huzuridagi “Sejong Hakdang” Qirol Sejong instituti Toshkent filiali direktori janob Xo Song Xeng rektor Muxammadismoil Maxmudov bilan uchrashish maqsadida Alfraganus universitetiga tashrif buyurdi.

Mazkur uchrashuvda olib borilgan qizg‘in suhbatdan so‘ng, har ikki tomon uchun manfaatli yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga, ya'ni, koreys tilida malakali kadrlar tayyorlashga, o‘z tinglovchilari bilan tajriba almashishga, til o‘rganish jarayonini sezilarli darajada tezlashtiradigan maxsus o‘quv usullaridan foydalanish, hamda turli festivallar o‘tkazish kabi dasturlar bo‘yicha kelishib olindi.

Qolaversa, ushbu hamkorlik universitetda ham 1+3 yoki 2+2 boʻyicha taʼlim dasturi joriy qilinib, talabalarga Koreya, Xitoy va boshqa mamlakatlarda oʻqishlarini davom ettirishi uchun sharoit yaratiladi.

r r r

Sejong universiteti Janubiy Koreyaning Seul shahrida joylashgan. 1940- yilda tashkil etilgan, dastlab Kyung Sung Gumanitar fanlar instituti (Kyung Sung Humanities Institute) deb nomlangan. Choson sulolasining to‘rtinchi qiroli va koreys tili alfaviti (Hangul)ni ixtirochisi Buyuk Sejong nomiga bag‘ishlab, 1978-yilda Sejong universiteti nomi berilgan.