Alfraganus universiteti rahbariyati delegatsiyasi Koreya Respublikasining Namseoul universiteti prezidenti va ushbu universitetning xalqaro aloqalar bo‘limi vakillari bilan hamkorlik uchrashuvini o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida qisqa va uzoq muddatli professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish, shuningdek, hammualliflikda ilmiy maqolalarni chop etish bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, tashrif doirasida rahbariyat delegatsiyasi uchun maxsus tur tashkil etilib, Namseoul universitetining zamonaviy kampuslari, o‘quv binolari, qishloq xo‘jaligiga yo‘naltirilgan issiqxonalar hamda dasturiy injiniring bo‘yicha amaliyot maskanlari bilan tanishtirildi.