O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2025-yil 8-apreldagi 01-18-08-08/7680-sonli xati hamda Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasining 2025-yil 28-martdagi KUZ-25-0130-son notasiga muvofiq, joriy yilning 25-26-aprel kunlari Toshkent shahrida “Koreya Respublikasida ta’lim olish – 2025” mavzusidagi ko‘rgazma o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Manzil: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Tallimarjon ko‘chasi, 3-uy

Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi — O‘zbekistonlik talabalarni Koreya universitetlarida ta’lim olish imkoniyatlari bilan tanishtirish. Tadbir davomida quyidagilar namoyish etiladi:

— Koreya universitetlarining o‘qish tartibi;

— Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari;

— O‘qish muddatlari va shart-sharoitlari;

— Koreyaning turli universitetlari bo‘yicha taqdimotlar.