Alfraganus universitetida magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirgan talabgorlar bilan suhbat bosqichi belgilangan tartib asosida o'tkazilmoqda.
Suhbat jarayonida talabgorlarning mutaxassislik bo'yicha tayyorgarligi, tahliliy fikrlashi, ilmiy faoliyatga qiziqishi hamda kelgusidagi rivojlanish rejalari baholanmoqda.
Mazkur bosqich malakali komissiya a'zolari ishtirokida adolatli va xolis mezonlar asosida tashkil etilib, har bir talabgorning bilim va salohiyatiga alohida e'tibor qaratilmoqda.
![]() |
![]() |
![]() |




