Alfraganus universiteti Turizm yo‘nalishi magistratura bosqichi bitiruvchilarining magistrlik dissertatsiyalari himoyasi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti bazasida bo‘lib o‘tdi.

Himoya jarayonida universitet professor-o‘qituvchilari, ilmiy rahbarlar hamda soha mutaxassislari ishtirok etib, magistrantlarning ilmiy ishlari yuzasidan fikr va tavsiyalar bildirdilar.

Himoya yakunlariga ko‘ra, magistrantlarning ilmiy tadqiqotlari dolzarbligi, nazariy va amaliy ahamiyati e’tirof etildi hamda ularning ilmiy faoliyatni davom ettirish salohiyati yuqori baholandi.

Bitiruvchilarga kelgusida ilmiy izlanishlarni yanada rivojlantirish, tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish va ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish bo‘yicha tavsiyalar berildi.