Alfraganus universiteti Filologiya fakulteti Xorijiy tillar kafedrasining Lingvistika (ingliz tili) yo‘nalishi magistrantlari tomonidan magistrlik dissertatsiyalarini himoya qilish jarayonlari davom etmoqda.

Himoyalar davomida magistrantlar o‘z ilmiy izlanishlari natijalari, tadqiqotning nazariy va amaliy jihatlari hamda mavzuning dolzarbligi yuzasidan taqdimot qildi.

Yakuniy attestatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan dissertatsiya ishlari atroflicha ko‘rib chiqilib, magistrantlarning ilmiy salohiyati, tahliliy fikrlashi va tadqiqotchilik ko‘nikmalari baholandi.

Mazkur himoyalar magistrantlarning ta’lim jarayonida egallagan bilim va tajribalarini namoyon etish, shuningdek, ularning kelgusidagi ilmiy va kasbiy faoliyati uchun muhim bosqich bo‘lib xizmat qildi.