Alfraganus universiteti Filologiya fakulteti Sharq filologiyasi kafedrasi magistrantlarining magistrlik dissertatsiyalari himoyasi bo‘lib o‘tdi.
![]() |
![]() |
Himoya jarayonida magistrantlar o‘z tadqiqot ishlari natijalarini taqdim etib, dissertatsiya mavzularining dolzarbligi, ilmiy ahamiyati hamda amaliy natijalari yuzasidan ma’lumot berdilar.
![]() |
![]() |
Dissertatsiya ishlari Attestatsiya komissiyasi tomonidan belgilangan mezonlar asosida ko‘rib chiqildi. Himoya davomida magistrantlar tomonidan bildirilgan ilmiy xulosalar va takliflar muhokama qilinib, ularning mutaxassislik bo‘yicha nazariy bilimlari hamda tadqiqotchilik ko‘nikmalari baholandi.
![]() |
![]() |
Yakunda Attestatsiya komissiyasi a’zolari magistrantlarning himoya natijalarini e’tirof etib, ularga kelgusidagi ilmiy va kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladilar.







