Filologiya fakulteti Sharq filologiyasi kafedrasi O‘zbek tili va adabiyoti magistratura mutaxassisligi bitiruvchi bosqich talabalari magistrlik dissertatsiyalarining dastlabki himoyalarini o‘tkazmoqda.

Magistrlik dissertatsiyasi himoyasida respublikamizdagi nufuzli universitetlarning yuqori salohiyatga ega professorlari va soha mutaxassislari hay’at a’zolari sifatida ishtirok etmoqdalar. 

Magistrlar o‘z tadqiqot ishlarini imkon qadar asosli tarzda himoya qildilar. Himoya jarayoni sohaga oid turli savol-javoblar bilan boy bo‘ldi.