Alfraganus universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Falsafa mutaxassisligi magistr bosqichini tamomlayotgan talabalarning dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi.
![]() |
Dastlabki himoya yakunida professor-o‘qituvchilar tomonidan berilgan tavsiya va mulohazalar asosida talabalar o‘z dissertatsiya ishlarini yanada takomillashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
![]() |
![]() |
Ushbu jarayonda fakultet dekani Asror Muhamedov, Magistratura bo‘limi boshlig‘i Ilyos Rahmatullayev hamda kafedra mudirlari xolis kuzatuvchi sifatida ishtirok etdilar.