Alfraganus universiteti Pedagogika fakulteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi magistrlik dissertatsiyasi himoyalari bo'lib o'tmoqda.

Himoyada O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i Farhod Usmonov, kafedra professor-o‘qituvchilari, ilmiy rahbarlar va boshqa mutaxassislar ishtirok etib, har bir magistrantning ilmiy yondashuvi, mavzu dolzarbligi va metodologik tayyorgarligiga e’tibor qaratilmoqda.

Dissertatsiya ishlari zamonaviy pedagogik va psixologik muammolarga yechim topishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘lib, ko‘plab magistrantlar amaliyotga tatbiq etilishi mumkin bo‘lgan tavsiyalar bilan chiqmoqdalar.