Alfraganus universiteti Davolash ishi va pediatriya fakulteti, Tibbiyot kafedrasi professor-o'qituvchilari hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti mutaxassislari tomonidan “Antibiotiklarga rezistentlikni tahlil qilish hamda bakteriyalarning antibiotiklarga sezgirligini aniqlash usullari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Mahorat darsi davomida talabalar mikroorganizmlar va antibiotiklarga sezgirlikni aniqlash bo‘yicha muhim amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.