“AFU med innovatsiya” klubi tashabbusi bilan Toshkent shahri Olmazor tumani 289-maktab o‘quvchilari uchun targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.
![]() |
Uchrashuv davomida o‘quvchilarga Alfraganus universitetida yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, ta’lim yo‘nalishlari, innovatsion yondashuvlar hamda talabalarga taqdim etilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
![]() |
Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda kelajakdagi kasb tanlovi yuzasidan muhim tavsiyalarga ega bo‘ldilar.



