Alfraganus universiteti “Milliy estrada ijrochiligi” klubi rahbari Sardor Shavkatov ITARTS. Italy for Arts: "Resources, Time and Space" nomli loyiha doirasida Italiya shahriga tashrif buyurdi.
![]() |
![]() |
Ushbu loyiha Italiya universitetlari va Tadqiqotlar vazirligi tomonidan moliyalashtirilib, italiyalik hamkorlar bilan tayyorlangan hamda Italiya hukumati tomonidan taqdim etilgan grant asosida amalga oshirilmoqda. Sardor Shavkatov Alfredo Casella konservatoriyasi, Tasviriy sanʼat akademiyasi, LʼAquila universiteti hamda Sent-Luisning Rim musiqa kollejida tajriba almashmoqda.
![]() |
Mazkur grant loyihasining asosiy maqsadi – oʻzaro hamkorlik natijasida yangi musiqiy namunalar yaratish, ustozlarning mahorat darslarini kuzatish, ulardan o‘rganish va fikr almashishdan iborat.




