Alfraganus universiteti Iqtisodiyot fakultetining barcha kafedra o‘qituvchilari malaka oshirish maqsadida Qozog‘iston Respublikasining Shimkent viloyatida joylashgan Muhtor Avezov nomidagi universitetga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida professor-o‘qituvchilar uchun o‘quv-uslubiy seminarlar, tajriba almashuv uchrashuvlari hamda zamonaviy ta’lim yondashuvlariga bag‘ishlangan mashg‘ulotlar tashkil etildi. Shuningdek, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.