Alfraganus universitetida ilmiy tadqiqotchilar va izlanuvchilar uchun chet tili (ingliz, nemis va fransuz tillari) bo‘yicha malakaviy imtihon muvaffaqiyatli tashkil etildi.

Imtihon jarayonida ishtirokchilarning mutaxassislik yo‘nalishiga oid chet tillarini egallash darajasi, nazariy bilimlari, ilmiy salohiyati hamda tahliliy fikrlash ko‘nikmalari belgilangan mezonlar asosida baholandi.