Ayni kunda Alfraganus universiteti Kuzatuv Kengashi a’zolari hamda universitetimiz rektori Malayziyada xizmat safarida bo‘lib turibdi. 


Ushbu xizmat safaridan maqsad Alfraganus universiteti hamda Malayziyaning Sulton Idris pedagogika universiteti (Pendidikan Sultan Idris) o’rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va yangi bosqichga olib chiqishdir. Shu sababli, ikki universitet rahbariyati o’rtasida ushbu masalalarga bag’ishlangan rasmiy uchrashuv tashkil etildi. 



Uchrashuv davomida 4 ta magistratura yo‘nalishi bo‘yicha, jumladan, kelgusi o‘quv yilidan boshlab menejment buxgalteriya, pedagogika, xorijiy tillar hamda jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish masalasi ko’rib chiqildi.


Yakunda qo‘shma ta’lim dasturi asosida o‘qishning bir qismi Malayziyada, bir qismi Alfraganus universitetida tashkil qilinishi belgilandi.