Alfraganus universiteti rektori Muhammadismoil Maxmudov hamda Malayziyaning Sulton Idris ta'lim universiteti, Strategik rivojlanish departamenti direktori o'rinbosari Dr. Mohammad Noorazlan o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.


Uchrashuvda Sulton Idris ta'lim universitetining xalqaro reytinglarda erishgan natijalari, hozirda Alfraganus universitetining xalqaro reytinglar bilan ishlash faoliyati, universitetning 2025-yil uchun ishlab chiqilgan xalqaro reytinglardagi ishtirokini mustahkamlashga doir strategiyasi va yo'l-xaritasi hamda universitet mutaxassislarini reytinglar bilan bog'liq malakasini oshirishga oid masalalar ko'rib chiqildi.


Uchrashuv so'nggida tomonlar o'rtasida ikki tomonlama faol hamkorlik qilishga kelishib olindi.