Alfraganus universiteti rahbariyati Malayziyaning UPM ( Univesitet Pudra Malayziya) ta'lim universiteti vakillari bilan uchrashuv o'tkazdi. Mazkur universitet xalqaro reytingda 148-o'rinni egallaydi.

Uchrashuv davomida talabalar uchun qisqa muddatli akademik almashinuv dasturlarini tashkil etish, qo'shma konferensiyalar o'tkazish, ilmiy maqolalarni birgalikda chop etish hamda qo'shma dasturlarni ochish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar ushbu yo'nalishlarda hamkorlik qilish bo'yicha kelishuvga erishdilar.

Shuningdek, Alfraganus universiteti va UBM ta'lim universiteti o'rtasida hamkorlik memorandumini imzolashga qaror qilindi. Ushbu memorandum ikki oliy ta'lim muassasasi o'rtasidagi akademik va ilmiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Mazkur hamkorlik natijasida talabalar va professor-o'qituvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratilishi, ilmiy tadqiqotlar sifati oshishi va xalqaro miqyosda tajriba almashish imkoniyatlari kengayishi kutilmoqda.