Alfraganus universiteti Raqamli texnologiyalar fakulteti vakillari bilan Malayziyaninng Universiti Pendidikan Sultan Idris (UPSI) universitetining Fan va Matematika fakulteti vakillari o'rtasida onlayn uchrashuv o'tkazildi.  

Uchrashuvda ilmiy-akademik hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Jumladan, qo‘shma tadqiqotlar, grant loyihalari, Scopus va boshqa xalqaro jurnallarda hamkorlikdagi nashrlar, vebinar va seminarlar, yordamchi professorlik dasturi, talabalar almashinuvi hamda xodimlar uchun treninglar tashkil etish bo‘yicha fikr almashildi.