Alfraganus universitetida Malayziya universiteti bilan hamkorlikda agroturizm yo‘nalishiga bag‘ishlangan navbatdagi onlayn vebinar bo‘lib o‘tdi.
![]() |
![]() |
Vebinarda Norida Mazlan “Agrotourism in Malaysia” mavzusida Malayziyadagi amaliy tajribalar bilan bo‘lishdi. Tatyana Kim esa “Development of Agroethnological Tourism in Uzbekistan” mavzusida chiqish qilib, agroetnoturizmning yurtimizdagi istiqbollari, madaniy meros va an’analarni turizm orqali qanday targ‘ib etish mumkinligi haqida fikr bildirdi.