Alfraganus universiteti vakillari hamda Malayziyaning Universiti Putra Malaysia (UPM) universitetining Biznes va iqtisodiyot fakulteti dotsenti Dr.Mazlina Mustapha o'rtasida uchrashuv o'tkazildi.
![]() |
![]() |
Uchrashuvda bakalavr va magistratura dasturlari, tadqiqotlar, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, Scopusdagi jurnallar bilan hamkorlik, ilmiy maqolalar va anjumanlar chop etish, online vebinarlar tashkil etish hamda xalqaro reytinglar faoliyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
![]() |
![]() |
![]() |
Yakunda universitetlar o'rtasida xalqaro va akademik faoliyat yo'nalishlarida hamkorlik masalalari kelishib olindi.