Alfraganus universitetining “Mehr tour” klubi tomonidan talabalardan yig’ilgan o’qilgan kitoblar, qo’l ishlari, eski buyumlar, hunarmandchilik namunalari ko’ngillilar orasida kim ochdi savdosi orqali sotildi.

Ushbu klub ham boshqa klublar kabi talabalar boshqaruvidagi klub bo’lib, uning faoliyatiga birorta professor-o’qituvchi yoki rahbariyat vakillari aralashmaydi. Yig’ilgan pullar talabalar komissiyasi tomonidan hisoblab chiqilib turli sovg’a, kerakli buyumlar sotib olinadi va mehribonlik uylariga topshiriladi.

Bundan tashqari talabalar o’z ijodiy chiqishlari, teatrlar, konsert dasturlarini ham namoyish etadilar.

P/s:. Kim ochdi savdosida faol ishtirok etgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz!

ALFRAGANUS UNIVERSITY