Alfraganus universitetining Tibbiyot fakultetidagi Farmatsevtika va kimyo kafedrasi mudiri, professor Fazliddin Jalilov hamda Fakhriddin Baymuratov, Madina Alikhodjayeva, Lola Po‘latova, Erkinoy Rakhimova, Tolibay Mustanovlar professor-o‘qituvchilar almashinuvi dasturi bo‘yicha Turkiyadagi Mersin universiteti, Farmatsevtika fakultetida malakaviy amaliyot o‘tamoqdalar.
Ular fakultet faoliyati bilan yaqindan tanishib, ilmiy tadqiqotlar uchun mo‘ljallangan laboratoriya xonalarini o‘rganib, muassasaning pedagog-professorlari bilan tajriba almashish bilan birga, bilim va ko‘nikmalarini yanada orttirmoqdalar.