Alfraganus universitetining Xorijiy filologiya fakultetidan Kamola Usmanova, Mastona G‘oziyeva, Shokhsanam Muhammadiyevalar universitetimiz tomonidan sohaga doir bilimlarini yanada boyitish maqsadida Turkiyaning Mersin universitetiga ilmiy malaka oshirish va almashish uchun yuborildi.
Mazkur oliygohda malaka oshirish mashg‘ulotlari universitet professorlari tomonidan olib borilmoqda. Unda, pedagoglarimizning lingvistik, pedagogik, didaktik va metodik tajribalarini boyitishga qaratilgan chora tadbirlar belgilanib, soha doirasidagi ilmiy tadqiqot ishlari bo’yicha Mersin universitetida amalga oshirilgan ishlar, ilmiy faoliyat bosqichlari, rejalar, natijalar haqida ma’lumotlar berilmoqda.