Alfraganus universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha rektor maslahatchisi Farmonqul Egamberdiyev, Iqtisod fakulteti dekani Alisher To'ychiyev boshchiligidagi bir guruh talabalar Rossiya federatsiyasida bo'lib o'tayotgan "Moliyaviy xavfsizlik" bo'yicha Ⅳ - xalqaro olimpiadada ishtirok etmoqdalar.


Olimpiada ochilish marosimi Rossiya federatsiyasi prezidenti V.V.Putinning tabrigi boshlandi. Tabrikni Kadrlar va korrupsiyaga qarshi kurashish prezident xizmati boshlig'i o'rinbosari Andrey Lavrenko o'qib berdi. 


Shuningdek, moliyaviy xizmatlar boshlig'i Yuriy Anatolevich Chixanchin ham marosim ochilishida o'zining iliq fikrlarini bildirdi.


Ushbu olimpiadada 36 ta mamlakatdan 600 nafarga yaqin talabalar ishtirok etmoqda.

ALFRAGANUS UNIVERSITY