Alfraganus universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi 12 056-harbiy qism o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandumga ko‘ra, harbiy texnika mahsulotlarini ishlab chiqarish, sun’iy intellekt, dasturlash va robototexnika yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalar amalga oshirish, shuningdek, ilmiy-amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, nazariy va amaliy bilimlarni o‘zaro almashish bo'yicha kelishuvga erishildi.