Alfraganus universitetining xalqaro ilmiy yutuqlari: Scopus ilmiy ma'lumotlar bazasidagi yangi muvaffaqiyatlar!
Universitetimizning xalqaro reytinglardagi mavqeini mustahkamlash va tadqiqot faoliyatini rivojlantirish yo'lidagi izchil mehnatimiz o'z samarasini bermoqda.
![]() |
![]() |
2025-yil NATIJA:
— Scopus bazasidagi maqolalarimiz soni 90 taga yaqinlashdi (indekslash jarayoni 5-fevraldan boshlangan);
— Yillik rejaning 60 % bajarildi, 4 oy davomida (150 ta maqoladan);
— Yuqori kvartilli (Q1 va Q2) jurnallardagi nashr 61 % ni tashkil etmoqda.
Yuqoridagi ko'rsatkichlar universitetning xalqaro reytinglarga yo'naltirilgan strategiyasini yaqqol ko'rsatadi. Kelgusi yillarda ham ushbu ijobiy dinamikani saqlab qolish va doimiy rivojlanishni ta'minlash asosiy vazifamizdir.