2024-yil 18-may kuni O'zbekiston tarixi davlat muzeyida Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan o'tkazilgan "Muzeylar ta'lim va tadqiqot uchun” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Unda Alfraganus universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti professor-o'qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.
Xalqaro munosabatlar yo'nalishi talabalari tomonidan O'zbekiston tarixining dramatik sahifalari aks etgan tarixiy asarlar namoyish qilindi. Sahna ko'rinishlari tadbir qatnashchilari va muzey mehmonlari tomonidan yaxshi kutib olindi. Muzey rahbariyati talabalarimizning faolligi va universitetimiz hamkorligini “Tashakkurnoma” bilan taqdirladi.
r r Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbekiston tarixi davlat muzeyi hamda Alfraganus universiteti o'rtasida o'quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma'naviy-ma'rifiy sohalarda hamkorlik to'g'risida memorandum imzolandi.