Alfraganus universitetining rektori Muxammadismoil Maxmudov boshchiligida, Xalqaro aloqalar bo‘limi rahbari, Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani hamda universitet Kuzatuv kengashi a'zolari Turkiyaning Konya shahridagi Necmettin Erbakan universitetida rasmiy tashrif bilan bo`ldilar. Kichik doirada o`tkazilgan uchrashuvdan so`ng universitet faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Tibbiyot fakultetini ko`zdan kechirib, universitet qoshidagi shifoxonaga ham bordilar. Uning moddiy-texnik bazasi, yuritilishi, boshqarish usullari har tomonlama o`rganildi. Aniqlanishicha, davlat universitetlar qoshidagi klinikalar qatori hajmi va imkoniyatlari bo`yicha 3-o`rinda turuvchi mazkur shifoxonada kuniga 150ga yaqin barcha turdagi, ulardan 50 tasi o`ta murakkab jarrohlik amaliyotlari o`tkazilib kelinadi.
Keyingi navbat stomatologiya fakulteti bo`ldi. Dars o`tish xonalari, auditoriyalar, laboratoriyalardagi talabalar mashg‘uloti uchun barcha sharoitlar bilan tanishildi. Stomatologik klinikada bilan tanishilganda u ham juda katta hajmda bo`lgani, talabalar uchun barcha sharoitlar yetarli darajada ekanligiga guvoh bo`ldilar.
Kunning ikkinchi yarimida delegatsiyamiz a`zolari mazkur universitetga oid texnopark markaziga bordilar. U yuqori texnologiyali tadqiqot va amaliyot markazi hisoblanib u yuqori darajadagi test, analiz va tadqiqotlar o`tkazishga mo`ljallangan va universitetning istagan o`qituvchisi yoki xorijdan tashrif buyurgan mutaxassis o`z yo`nalishi bo`yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish imkoniyatiga ega.
Keyingi manzil "Fan markazi" bo`ldi. U yuqori texnologiyada jihozlangan bo`lib, asosan, maktab, litsey o`quvchilarning olamni, tabiatni, butun bir borliqni o`rganishlari uchun mo`ljallangan ulkan majmua hisoblanadi.