Manhattan hududidagi mashhur Times Square’ning gavjum ko‘chalarida universitetimiz lavhalari.
Rektorimiz Azizbek Ismailov boshchiligidagi jamoamiz okean ortida oliy ta’limdagi yangi bosqichni boshladi.
Ushbu ulkan ekranlardagi tasvirlar shunchaki reklama emas, balki Alfraganus universitetining jahon standartlari sari qo‘ygan dadil qadami belgisidir.
Biz nafaqat O‘zbekistonda, balki dunyoning eng nufuzli nuqtalarida o‘z so‘zimizni aytishni maqsad qilganmiz. Yangi uchrashuvlar va xalqaro hamkorliklar haqida tez kunda batafsil ma’lumot beramiz. Maqsadimiz — talabalarimiz uchun dunyo eshiklarini ochish!

