Kuni kecha, Alfraganus universitetida Nippon Global Education and Assessment kompaniyasi direktori Begzod Mangliev boshchiligida delegatsiya a‘zolari hamda Yaponiyaning KEI Advanced Inc. kompaniyasining xalqaro biznesni rivojlantirish bo’lim boshlig’i Eri Kaida xonim bo‘ldilar.  

Nippon Global Education and Assessment kompaniyasi O‘zbekistonda tashkil topgan bo‘lib, u Yaponiya standartlari asosida o'rta ta'limda tahsil oluvchi o'quvchilar uchun matematika fanidan yurtimiz maktablarida qo‘llanilib kelinayotgan o‘quv dasturlardan tayyorlangan maxsus testlarni taklif qilmoqda.

Ya‘ni, maktab bitiruvchi yoki abituriyent Nippon Global Education and Assessment kompaniyasi tomonidan matematika fanidan tayyorlangan testda yuqori ball to‘plab, sertifikatni qo‘lga kiritsa, O‘zbekistonda mavjud istalgan universitetning kirish imtihonidagi matematika fanidan ozod qilinadi.

Rektor Muxammadismoil Maxmudov boshchiligida bo‘lib o`tgan uchrashuvda ana shular haqida qizg‘in suhbat bo‘lib o‘tdi.

Hozirda ushbu testlar universitet mutaxassislari tomonidan o`rganilmoqda. Agar ular ma‘qul kelsa, Alfraganus universitetiga kirish imtihonlari jarayonida qo`llanilishi bo‘yicha shartnoma imzolash haqida kelishib olindi.