Alfraganus universiteti talabalariga mo‘ljallangan navbatdagi ijodiy kitobxonlik bellashuviga start berildi!

Musobaqa shartlari quyidagicha:

— Har bir ishtirokchi musobaqaning telegram guruhiga 5 nafar talabani qo‘shishi shart;

— Hisobot, taqriz va iqtiboslar kitob betlari bilan birga suratga olinib, belgilangan muddatda taqdim etilishi zarur;

— 20 kun ichida kamida 5 ta kitob o‘qilishi lozim;

— Har bir ishtirokchi “Afu audio simfoniya books” kanali uchun 1 ta kitobni audio shaklga keltiradi;

— “Turkiy Guliston yoxud axloq” asarini o‘qish majburiy bo‘lib, shu asar asosida 20 ta test tuziladi. (Qolgan 4 ta kitob ixtiyoriy).

— Ishtirokchining tuzgan testlari boshqa ishtirokchilar tomonidan yechiladi. Test sifatiga ko‘ra alohida ball beriladi.