Alfraganus universiteti rektori topshirig‘iga ko‘ra, Alfraganus xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi rahbari M.Xo‘jayev, ilmiy xodim A.Mirzachayev va Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi rahbari X.Qurbonovlar Andijon viloyatidagi Maxdum Vosiliy nomidagi ma'naviy meros markazida saqlanayotgan 300 dan ortiq qo‘lyozma va toshbosma asarlar bilan tanishdilar.
r
Tanishish jarayonida falsafa, tarix, tibbiyot, shaharlar tarixi, til va adabiyotga oid asarlarni elektron shaklda universitetga olib kelib tarjima qilish va tadqiq etish masalalari kelishib olindi.