“Adolat” ijtimoiy-siyosiy gazetasining navbatdagi sonida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan Alfraganus universiteti rektori Azizbek Ismailov tomonidan yozilgan maqola chop etildi. Unda Amir Temurning davlat boshqaruvida adolat tamoyilini ustuvor qo‘ygani, uning “Temur tuzuklari” orqali shakllangan boshqaruv qarashlari hamda bugungi avlod uchun tarixiy saboqlari yoritilgan.

Shuningdek, gazeta sahifalarida Alfraganus universiteti talabalari uchun Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga tashkil etilgan tashrif, deputatlar bilan o‘tkazilgan uchrashuv hamda talabalarning parlament faoliyati bilan yaqindan tanishgani haqida ham ma’lumot berilgan.

Gazetani onlayn o'qish