Pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi F.G‘.Murodova tomonidan Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari ishtirokida navbatdagi ochiq dars tashkil etildi.
Darsning asosiy maqsadi talabalarda milliy o‘zlikni anglash, ma’naviy qadriyatlarimizga hurmat bilan yondashish va ularni amalda targ‘ib qilish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
Ochiq dars davomida talabalar milliy urf-odatlar, qadimiy udumlar, o‘zbek xalqiga xos axloqiy-me’yoriy tushunchalar va an’analar haqida batafsil ma’lumotlar berib, ularni jonli tarzda namoyish etishdi. Ularning chiqishlarida xalq og‘zaki ijodi namunalaridan tortib, milliy liboslar, udumlar va turmush tarziga oid elementlargacha o‘z ifodasini topdi.
Tadbir interfaol ruhda, qiziqarli muloqot va sahna ko‘rinishlari orqali tashkil etilib, ishtirokchilar va kuzatuvchilarda katta taassurot qoldirdi.