Yunusobod tumanida joylashgan 246-maktabda ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi. 

Ushbu tadbir doirasida Alfraganus universiteti Talabalar akademiyasi klub rahbarlari universitetimiz uchun ajratilgan maxsus stendda ishtirok etishdi.

Ular maktabning bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan jonli muloqot olib borib, Alfraganus universitetining yo‘nalishlari, ta’lim sifati, imkoniyatlari hamda talabalar hayoti haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etdilar. Tadbir davomida flayerlar va boshqa reklama vositalari tarqatilib, yoshlarga kelajak kasb tanlovida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatildi.

Mazkur ochiq eshiklar kuni nafaqat universitet hayotiga qiziqish uyg‘otdi, balki yoshlarda ilmga, ma’rifatga va orzular sari dadil intilish ruhini yanada mustahkamladi.