Alfraganus universiteti klub rahbarlari tomonidan Yunusobod tumanidagi 51-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan ochiq eshiklar kuni doirasida targ‘ibot ishlari olib borildi.
![]() |
![]() |
![]() |
Tadbir davomida o‘quvchilarga universitet faoliyati, mavjud yo‘nalishlar, klub va to‘garaklar hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shu bilan birga, ularning qiziqishlari o‘rganilib, kelajakdagi kasb tanlash jarayonida muhim tavsiyalar taqdim etildi.




