Alfraganus universiteti Stomatologiya va farmatsiya fakulteti dotsenti A. Inxonova hamda iqtidorli talabalar Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida o‘tkazilgan “Startap-loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va moliyalashtirish” mavzusidagi ochiq muloqotda ishtirok etdilar.

Tadbirda “Yoshlar Ventures”, “IT Park Ventures” va “United Ventures” kompaniyalari vakillari startaplarni moliyalashtirish jarayonlari va venchur ekotizimining rivojlanish istiqbollari haqida ma’lumot berishdi.

Shuningdek, talabalar bank, qurilish, ishlab chiqarish va ta’lim sohalariga oid 7 ta startap loyihasini taqdim etdilar.