Alfraganus universiteti Tibbiyot fakulteti talabalari o‘rtasida “Sog‘lom turmush tarzi tarafdormiz” shiori ostida OITS epidemiyasiga qarshi davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Toshkent shahar OITS ga qarshi kurashish markazi mutaxassisi Dilobar Akromova OITS va OIV infeksiyasining salomatlikka ta’siri hamda oldini olish yo‘llari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Yoshlar o‘rtasida ogohlikni oshirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan davra suhbati qizg‘in munozaralarga boy bo‘ldi.