"Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalarining Respublika bosqichi ochilish marosimi doirasida poytaxtimizga tashrif buyurgan oliy ta’lim muassasalari vakillari Olimpiya shaharchasidagi zamonaviy sport inshootlari bilan yaqindan tanishdilar.

Tanishuv jarayonida Alfraganus universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Ziyodullo Raxmatullayev ham ishtirok etdi.

Mehmonlar davlatimiz rahbari tashabbusi bilan bunyod etilgan ushbu muhtasham sport majmuasi yurtimizda sportni rivojlantirish, yoshlarning jismoniy faolligini oshirish hamda xalqaro musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.