“Moziyga sayohat” dasturi doirasida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Jismoniy tarbiya va sport fakulteti tyutori tashabbusi bilan fakultet talabalari Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyiga tashrif buyurdi.

Sayohat davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi hamda sport tarixiga oid qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.