Oliy ta’lim muassasalari xotin-qizlar maslahat kengashlari raislari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kurslari doirasida Oliy Majlis Senatiga tashrif uyushtirildi. Tadbirda Alfraganus universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Zuhro Saidova ham ishtirok etdi.
![]() |
Tashrif davomida senatorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish, gender tenglikni ta’minlash hamda ularning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
![]() |
Shuningdek, ishtirokchilar Senat faoliyati va qonun ijodkorligi jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.



