Nodavlat oliy ta’lim muassasalariga, jumladan Alfraganus universitetiga o‘qishni ko‘chirish hamda o‘qishni qayta tiklash bo‘yicha arizalarni qabul qilish muddati 2026-yil 10-avgust kuniga qadar uzaytirildi.
Davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirish yoki o‘qishni qayta tiklash bo‘yicha arizalar transfer.edu.uz, xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar esa my.uzbmb.uz platformasi orqali qabul qilinadi.
2026/2027-o‘quv yili uchun arizalar 2026-yil 10-avgust kuniga qadar (shu kun ham) qabul qilinadi.
Belgilangan muddatdan so‘ng taqdim etilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
Fursatni qo‘ldan boy bermang!

