Alfraganus universitetida birinchi kurs talabalari uchun an’anaviy “Orientation Week” dasturi boshlandi.

Haftalikning asosiy maqsadi — yangi qabul qilingan talabalarga universitet muhitiga tezroq moslashish, ta’lim jarayonining o‘ziga xos jihatlarini anglash va akademik hamda shaxsiy rivojlanish uchun zarur bo‘lgan resurslardan samarali foydalanishni o‘rgatishdir.

Ushbu haftalik davomida talabalar:

— Universitet faoliyati va o‘qitish tizimi bilan tanishadilar;

— Hemis platformasi va kredit-modul tizimi bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar;

— Mustaqil ta’lim olish va vaqtni boshqarish usullarini o‘rganadilar;

— Yangi guruhdoshlar, ustozlar va universitet jamoasi bilan yaqindan tanishadilar.

BIZDA QABUL DAVOM ETMOQDA