Qirg‘izistonning O‘sh davlat universiteti internet sahifalarida Alfraganus universiteti haqida “Geograflar xalqaro munosabatlar geografiyasini kengaytirmoqda” mavzusida maqola e’lon qildi.

Unda universitet vakillari 17-noyabr Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan universitetimizga qilgan tashrifi, natijada ikki tomonlama imzolangan anglashuv memorandumi hamda kelgusida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan rejalar haqida batafsil ma’lumot bergan.